BOOSTME / YORDAM MARKAZI

Keyingi qadam aniq bo‘lsin.

Donatni boshlash, OBS’ni ulash yoki balansni tushunish — kerakli yo‘riqnomani tanlang.

Birinchi donatga tayyorlanish

Ro‘yxatdan o‘tishdan havolani ulashishgacha.

Boshlash uchun nimalar qilishim kerak?
  1. Donat sahifam bo‘limida kanal nomi va tavsifini saqlang. Ommaviy sahifani ochib tekshiring.
  2. Efir va OBS bo‘limidan maxfiy havolani Browser Source’ga qo‘shing va test yuboring.
  3. Ommaviy donat havolangizni YouTube tavsifi, Telegram yoki efir chatingizga joylang.
Donat sahifamni tayyorlash
Obuna, stiker yoki hujjat tayyorlash shartmi?
  1. Oddiy donat qabul qilish uchun pullik kontent, obuna yoki stiker yaratish shart emas.
  2. JSHSHIR va karta egasi tekshiruvlari ro‘yxatdan o‘tishda emas, pul yechish so‘rovi bosqichida kerak bo‘ladi. Pul yechishning amaldagi holatini Daromad bo‘limida ko‘rasiz.
Daromad bo‘limini ochish

OBS va alertlar

Havola, manba, ovoz va test tasdig‘i.

Alert chiqmayapti. Nimani tekshiraman?
  1. Kerakli alert turi yoqilganini tekshiring: oddiy donat, stiker va sovg‘a alohida manbalarga ega.
  2. OBS’da kerakli sahnani va Browser Source manbasini oching. Uning URL maydonida to‘liq maxfiy havola bo‘lishi kerak.
  3. Test yuboring. “Navbatda” yoki “yuborildi” hali ekranda chiqqanini bildirmaydi. Alert oynasidan tasdiq kelishini kuting.
  4. Test ishlasa-yu haqiqiy xabar chiqmasa, Donatlar bo‘limida to‘lov holatini va xabar yashirilmaganini tekshiring.
Alertni sinash
“Bu brauzer sessiyasida saqlanmagan” nimani bildiradi?
  1. Bu yozuv OBS’dagi avvalgi havola ishlamayotganini anglatmaydi. Maxfiy havola kabinet brauzerining sessiyasida saqlanadi.
  2. Havolani yangilasangiz, eskisi ishlamaydi. Yangi havolani OBS Browser Source’ga ham qo‘ying.
  3. Ommaviy donat havolasini auditoriyaga ulashing; maxfiy OBS havolasini ulashmang.
OBS havolalarini ochish
Alert kesilyapti yoki ovoz eshitilmayapti
  1. Browser Source o‘lchamini 1920 × 1080 qilib, Transform → Reset Transform va Fit to screen ni tekshiring. Crop qiymatlari 0 bo‘lsin.
  2. Ovozli testni tanlang. OBS audio mikserida Browser Source ovozi o‘chirilmaganini va efirga chiqishini tekshiring.
  3. Haqiqiy xabarlar ovozli o‘qilishi uchun Donatlar → Alert sozlamalari bo‘limida TTS yoqilgan bo‘lishi kerak.
Xabar va TTS sozlamalari

Donat va to‘lov

To‘langan donat xabari OBS’da darhol chiqadi.

Pul yechildi, lekin to‘lov tekshiruvda turibdi
  1. Qayta to‘lov boshlashdan oldin mavjud to‘lovning natija sahifasini tekshiring.
  2. Natija sahifasini yopib yubormang va to‘lov raqamini saqlang. Bank tasdig‘i kelishi bilan holat yangilanadi.
  3. Hisobingiz bilan donat yuborgan bo‘lsangiz, tomoshabin sahifangizdagi tarixni ham tekshirishingiz mumkin.
Donatlarimni ko‘rish
Stiker yoki sovg‘a katalogi bo‘sh
  1. Faol effektlar hali e’lon qilinmagan bo‘lishi mumkin. “Oddiy donatga o‘tish” orqali qo‘llab-quvvatlashni davom ettiring.
  2. Katalog yuklanmagan bo‘lsa, qayta urinish tugmasidan foydalaning. To‘lovdan oldin yakuniy summa va komissiyani tekshiring.
Ijodkor sahifasini topish

Daromad va balans

Tushum, mavjud mablag‘ va pul yechish imkoniyati.

Tushum bilan balans nega farq qiladi?
  1. Tushum statistikasi tanlangan davrdagi to‘lovlarni ko‘rsatadi. Balans esa komissiya, qaytarish, kutish va rezerv harakatlarini ham hisobga oladi.
  2. Balans harakatlari jadvalida har bir kirim va chiqimni tekshiring. “Kutilmoqda”dan “Chiqarish mumkin”ga o‘tish yangi daromad emas.
Balans harakatlarini ko‘rish
Mablag‘ni kartaga chiqara olamanmi?
  1. Ha, “Chiqarish mumkin” summasini Studio → Pul yechish bo‘limida UZCARD yoki HUMO kartangizga chiqarasiz. Boostme ilovasida balans bilan to‘laganda avval shu daromad ishlatiladi.
  2. Pul yechish imkoniyati va zarur tekshiruvlarning holati Daromad bo‘limida ko‘rsatiladi.
Amaldagi holatni ko‘rish